To‘plam tarkibi
Majmua 15 ta yorqin elementdan iborat bo‘lib, ular ichida turli meva-sabzavotlar, taxtacha va xavfsiz pichoq bor. To‘plamning o‘ziga xosligi shundaki, mahsulotlar yopishqoq tasmalar (lipuchka) bilan birlashadi, bananni esa po‘stidan ajratish mumkin.
Foydali jihatlari
Bola mahsulotlarni kesishni mashq qilib, qo‘l motorikasi va harakatlar aniqligini rivojlantiradi. O‘yinchoq rang va shakllarni o‘rganishga yordam beradi, mantiqiy fikrlashni hamda sezgi qobiliyatini shakllantiradi.
Sifat va saqlash
Barcha qismlar xalqaro standartlarga javob beradigan chidamli plastikdan tayyorlangan. Buyumlarni tartibli saqlash uchun maxsus relyefli savatcha ko‘zda tutilgan.
Kimlar uchun
Ushbu to‘g‘lam ham o‘g‘il, ham qiz bolalar uchun mos keladi va ularga ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘rgatadi. Har qanday bayram uchun ajoyib va foydali sovg‘adir.
Aniq xususiyatlarni qadoqdan ko‘ring yoki menejerdan so‘rang.