Qaytarish siyosati
Nuqsonli tovarlarni bepul almashtirish
Agar tovaringizda zavod nuqsoni aniqlansa, biz uni do'kon hisobidan bepul almashtirib beramiz yoki 7–10 ish kuni ichida pulingizni to'liq qaytaramiz.
Qaytarish va almashtirish qoidalari
Zavod nuqsoni (Brak)
Brak tovarlar uchun qaytarish va kuryer xarajati mutlaqo bepul. Nosoz tovar yangisiga almashtiriladi yoki puli qaytariladi.
Sifatli tovarni qaytarish (10 kun)
Sifatli tovarni xaridor hisobidan qaytarish faqat quyidagi shartlar to'liq bajarilganda mumkin: tovar ishchi holatda bo'lishi, qadog'i buzilmagan, yirtilmagan, sinmagan va o'zining asl tovar ko'rinishini saqlagan bo'lishi shart. Qaytarish xarajati (kuryer) xaridor tomonidan to'lanadi yoki omborga o'zi bepul keltirishi mumkin.
Almashtirish va pul qaytarish muddati
Tovarni ekspertizadan o'tkazish, yangisiga almashtirish yoki pulni xaridor kartasiga qaytarish 7–10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Qayerga murojaat qilish kerak?
Murojaat uchun telefon raqamimiz yoki Telegram orqali bog'laning. Buyurtma raqami va nuqson fotosuratini yuborish kifoya.
Ombor manzili: город Ташкент, улица Мавлоно Риёзий, 1